Facebook şu hafta oxirlarida Xitoyning Huawei kompaniyasi bilan ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari şaxsiy ma'lumotlariga kiriş böyiça kelişuvni bekor qiladi. Bu haqda The New York Times manbalarga asosan xabar bermoqda.

Huawei bilan bitim 2010 yilda imzolangan. Biroq, bu kompaniya milliy xavfsizlikka tahdid uyğotuvçi korxonalar röyxatiga kiritildi, sababi Xitoy hukumati bilan qalin hamkorlik qiladi.

Huawei’dan taşqari, Facebook Xitoyning yana kamida uçta kompaniyasi: Lenovo, Oppo va TCL bilan şaxsiy ma'lumotlardan foydalaniş böyiça kelişuvga erişgan. Şu bilan birga, ijtimoiy tarmoq vakillarining ma'lum qilişiça, ular Huawei bilan bölişgan ma'lumot kompaniya serverlarida emas, balki foydalanuvçilar telefonida qolgan.