Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Google hamasoschisi startapi uchar avtomobilining yangi versiyasini namoyish qildi
Google hamasoschisi Larri Peyj investitsiya kiritgan Kitty Hawk kompaniyasi o‘zining xususiy elektr samolyotining yangi versiyasini namoyish qildi.
Bir o‘rindiqli parvoz qurilmasi Fler 113 kg dan biroz og‘irroq bo‘lib, 10 ta rotorda ishlaydi va 32 km/soat tezlik bilan ucha oladi. Qurilma akkumulyatorlarining bir quvvatlanishi unga 1 metrdan 3 metrgacha balandlikda 20 daqiqacha uchishga yetadi.
CNN muxbiri Reychel Kreyn qurilmani sinovdan o‘tkazgan ilk jurnalist bo‘ldi. U parvoz oldidan yarim soatlik instruktajdan o‘tgan. Kitty Hawk bosh direktori kelgusida bunga 5 daqiqacha vaqt ketishiga umid bildirgan.
Muxbirning aytishicha, qurilmada ikkita boshqaruv dastagi bo‘lib, ularni oson o‘zlashtirib olish mumkin, biroq boshqaruv vaqtida vibratsiya his qilinadi.
Qurilmaning narxi hozircha oshkor qilinmayapti. Startap hozir qurilmaga buyurtma olmoqda. Qurilmaning birinchi nusxalarini ko‘ngilochar bog‘lar kabi korporativ mijozlar oladi.
2017 yilda startap qurilmaning 8 ta rotorli va uchuvchi o‘rindig‘i atrofida himoya to‘ri bo‘lgan ilk prototipini namoyish qilgan.
Mavzuga oid
12:04 / 27.12.2025
Google Rossiyadan o‘z serverlarining bir qismini olib chiqmoqda
19:24 / 10.12.2025
Apple va Google hamkorlikni e’lon qildi - iPhone’dan Android’ga va aksincha o‘tish osonlashadi
18:18 / 08.12.2025
Google va Apple o‘zbekistonliklarni hakerlar hujumi haqida ogohlantirdi
23:35 / 28.11.2025