Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorijiy fuqarolarni ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritiladi
Normativ-huquqiy hujjatlarning muhokamasi portalida “Xorijiy fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish va o‘qitish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritish haqida”gi qaror loyihasi e'lon qilindi.
Xorijiy fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish va o‘qitish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilishi mumkin bo‘lgan o‘zgartirishga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 4 avgustdagi 169-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008 y., 8-son, 42-modda) bilan tasdiqlangan Xorijiy fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish va o‘qitish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 12-bandi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
12. Xorijiy fuqarolar oliy ta'lim muassasalari bakalavriatiga oliy ta'lim muassasasi tomonidan belgilanadigan tartibda o‘tkaziladigan suhbat natijasiga ko‘ra qabul qilinadi.
Xorijiy fuqarolarning suhbatga kirishi uchun ruxsatnoma O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan beriladi.
Belgilangan tartibda taqdim etilgan suhbat natijalari O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining xorijiy fuqarolarni oliy o‘quv yurtiga o‘qishga qabul qilish yuzasidan qaror qabul qilishi uchun asos hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi qarori asosida oliy o‘quv yurtlari o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida tegishli buyruq chiqaradilar”.
Mavzuga oid
11:59 / 04.06.2026
“Ta’limga tashxis qo‘yadigan odam yo‘q” – Abdurahmon Tashanov
18:34 / 26.04.2026
“Dacha”larning elektron bazasini yaratish va ijara narxlarini nazorat qilish rejalashtirilmoqda
20:55 / 23.04.2026
Ta’limda sun’iy intellekt: talabalar oldinda, universitetlar orqada qolmoqda
13:19 / 20.04.2026