Vazirlar Mahkamasining 31.05.2018 yildagi 405-son qarori bilan Qişloq xöjaligi ekinlari zararkunandalari, kasalliklari va begona ötlarning tarqaliş maydonlarini aniqlaş tartibi töğrisida nizom tasdiqlandi.

Norma’ning yozişiça, “Xavfli” maydonlarni aniqlaş himoya qiliş tadbirlarini amalga oşiriş va ularni ötkaziş muddatlarini rejalaştiriş, şuningdek zarur kimyoviy va biologik himoya vositalarini aniqlaş uçun amalga oşiriladi. Ösimliklarni himoya qilişni başorat qiliş yöli bilan ötkaziladi: uzoq muddatli başoratlar, qisqa muddatli başoratlar, fenologik kuzatuv.
 
Hududiy “Agrokimyohimoya” AJning tuman filiallari mutaxassislari tomonidan ösimliklarni himoya qilişni başorat qiliş tadbirlari har yili noyabr oyining 10 sanasigaça zararli organizmlarning qişlovdagi zaxirasini aniqlaş maqsadida tuproq namunalari, dala atroflaridagi ösimlik qoldiqlari, daraxt pöstloqlari va novdalarida kuzatuv işlari olib boriş orqali amalga oşiriladi. Şuningdek hududlar va fermer xöjaliklarida ötgan yilda zararli organizmlar tarqalgan maydonlar tahlil qilinadi.
 
Olingan ma'lumotlar hududiy mutaxassislar tomonidan viloyatlar “Agrokimyohimoya” AJlarga yuboriladi, ular tumanlar kesimida jamlangan barça axborotni 20 noyabrgaça boş ofisga taqdim etadilar. Yil oxirigaça olingan ma'lumotlar Ösimliklarni himoya qiliş ilmiy-tadqiqot instituti bilan birgalikda umumlaştiriladi va zararkunandalarning tarqaliş xavfini kuzatiş va bartaraf etiş böyiça tavsiyanomalar işlab çiqiladi.
 
15 yanvarga qadar tavsiyanomalar Qişloq xöjaligi vazirligi, Özbekiston fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşiga hamda hududiy “Agrokimyohimoya” AJlarga amaliyotda foydalaniş uçun yuboriladi. Şuningdek, uşbu tuzilmalarga zararli organizmlar tarqalişining oldini oliş böyiça har yili çora-tadbirlar rejasini işlab çiqiş yuklatiladi.
 
Hujjat 1.06.2018 yildan kuçga kirdi.