Vazirlar Mahkamasining 29.05.2018 yildagi «Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toşlar bilan işlaşga röyxatdan ötkaziş guvohnomasi beriş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida»gi 399-son qarori e'lon qilindi.  

Asillik palatasi tomonidan ilgari berilgan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toşlar bilan işlaşga röyxatdan ötkaziş guvohnomalari 10.06.2018 yilgaça qayta rasmiylaştirilişi kerak, körsatilgan muddat tugagaç ular haqiqiy hisoblanmaydi, 2018 yilda elektron şaklda berilganlari bundan mustasno, deb yozmoqda Norma.
 
Endi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toşlar bilan işlaşga röyxatdan ötkaziş guvohnomalari Asillik palatasi tomonidan faqat Davlat xizmatlari körsatiş markazlari orqali yoki Özbekiston Respublikasi Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali orqali beriladi. 
 
Asillik palatasiga:

• röyxatdan ötkaziş guvohnomasi berilişi uçun arizalarni ariza beruvçidan bevosita, poçta aloqasi vositalari orqali yoki elektron şaklda oliş;
• Davlat xizmatlari körsatiş markaziga yoxud Yagona portalga murojaat qilgan ariza beruvçilarni ularning arizalari körib çiqilayotgan jarayonlar davrida taklif qiliş;
• ariza beruvçilardan Nizomda nazarda tutilmagan ma'lumotlar taqdim etilişini talab qiliş taqiqlanadi.
 
Asillik palatasi «Lisenziya» axborot tizimlari kompleksi vositasida röyxatdan ötkaziş guvohnomalari reyestrini şakllantiradi. Röyxatdan ötkaziş guvohnomalari reyestridagi ma'lumotlar Asillik palatasining rasmiy veb-saytida, «Lisenziya» axborot tizimlari kompleksida joylaştiriladi va tanişiş uçun oçiq hisoblanadi.   
 
Röyxatdan ötkaziş guvohnomasi röyxatdan ötkaziş ma'lumotlari tegişli axborot tizimi reyestriga kiritilganligi dalilini tasdiqlovçi matritsali ştrix kodiga (QR-kod) ega böladi.
 
Röyxatdan ötkaziş guvohnomasi:

• qimmatbaho metallar va qimmatbaho toşlar bilan işlarni amalga oşirişga 5 yil muddatga;
• zargarlik buyumlari hamda qimmatbaho metallar va qimmatbaho toşlardan yasalgan boşqa buyumlar (bundan keyin – zargarlik buyumlari) bilan savdo qiliş uçun 1 yil muddatga beriladi.