Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Rangli va qora metallar parçalari, çiqindilari bilan işlaş tartibini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan belgilanişiça, Özbekiston Respublikasi hududida:

Özbekiston Respublikasi prezidentining «Özmetkombinat» AJ boşqaruvi tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlar töğrisida” 2017 yil 15 sentabrdagi PQ-3277-son qaroriga muvofiq - «Özmetkombinat» AJ Özbekiston Respublikasi hududida qora metall parçalari va çiqindilarini tayyorlaş (xarid qiliş) böyiça yagona vakolatli organ hisoblanadi;

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Rangli metall parçalari va çiqindilarini töplaş, topşiriş hamda qayta işlaş tizimini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida» 2017 yil 18 oktabrdagi 849-son qaroriga muvofiq - rangli metall parçalari va çiqindilarini tayyorlaşni faqat «Özikkilamçiranglimetall» AJ amalga oşiradi;

Özbekiston Respublikasi prezidentining «Rangli metallar parçalari va çiqindilari öğirlanişi hamda noqonuniy çetga olib çiqib ketilişining oldini oliş çora-tadbirlari töğrisida» 2000 yil 4 martdagi PF-2559-son Farmoniga muvofiq, Özbekiston Respublikasi prezidentining «Özbekiston Respublikasi prezidentining ayrim qarorlariga özgartişlar kiritiş, şuningdek ba'zilarini öz kuçini yöqotgan deb hisoblaş töğrisida» 2018 yil 12 yanvardagi PF-5300-son farmoni bilan kiritilgan özgarişlarni  hisobga olgan holda, «Özikkilamçiranglimetall» AJ va uning tarkibiy tuzilmalari jismoniy şaxslardan rangli metallarning maişiy parçalarini, şu jumladan, foydalaniş uçun möljallangan asboblar va uskunalarni, şuningdek, hukumat qarori bilan tasdiqlangan röyxat böyiça rangli metallar parçalari va çiqindilarini maxsus qabul punktlari orqali qabul qiladi.

Quyidagilar:

Rangli va qora metall parçalari, çiqindilari bilan işlaş tartibi töğrisidagi nizom;

Jismoniy şaxslardan qabul qilişga ruxsat etilgan maişiy maqsaddagi rangli metall parçalari va çiqindilarining röyxati tasdiqlandi.

«Özikkilamçiranglimetall» AJ ikki oy muddatda Qoraqalpoğiston Respublikasi va respublika viloyatlari şaharlari va tuman markazlarida rangli metallar parçalari va çiqindilarini jismoniy şaxslardan qabul qiliş punktlarini taşkil qiladi.

Belgilanişiça, 2019 yil 1 yanvardan boşlab taşkilotlarning, şaxsiy quyiş va metall prokati işlab çiqarişiga ega bölgan taşkilotlardan taşqari (bankrotlik va tugatiş hollaridan taşqari), taşkilotlarning öz quyiş va metall prokati işlab çiqarişiga ega bölgan taşkilotlar bundan mustasno (bankrotlik va tugatiş hollaridan taşqari), bankrotligi, tugatilişi, rekonstruksiya va modernizatsiya qilinişi tartibotlarini ötkaziş davomida belgilangan tartibda hisobdan çiqariladigan tarkibida rangli va qora metallar bölgan tabiiy va ma'naviy eskirgan asbob-uskunalar «Özmetkombinat» AJ va «Özikkilamçiranglimetall» AJga erkin (şartnomaviy) narxda topşirilişi kerak.