Ispaniyalik tennisçi Rafael Nadal «Rolan Garros» turniri finaliga çiqdi. Grunt kortlarda ötkazilayotgan turnirda birinçi raketka argentinalik raqibi Xuan-Martin del Potroga qarşi 3 set bahs olib borib, 6:4, 6:1, 6:2 hisoblarini qayd etdi. Bahs 2 soatu 14 daqiqa davom etgan.
Nadal 9 breyk-poyntdan 5tasini amalga oşirgan va 3 marta qöş xatoga yöl qöygan. Del Potro 2 eys zarbani amalga oşirgan, 1 marta töpni öyinga kiritişda xato qilgan va bir marta ham raqib geymini yuta olmagan.
Fransiya oçiq çempionati sovrini uçun bahsda Nadal turnirda yettinçi raqam ostida saralangan avstriyalik tennisçi Dominik Timga qarşi kortga çiqadi.











