Jahonning 5-raketkaçisi bölib turgan ispaniyalik afsonaviy tennisçi finalda norvegiyalik Kasper Ruudni qiyinçiliksiz (6:3; 6:3; 6:0) mağlub etib, «Ulkan toj» turkumiga kiruvçi turnirlarda özining 22-sovriniga ega çiqdi. Bu borada Nadal jahonning eng yaxşi tennisçisi sifatida Rojyer Federer va Novak Jokoviçni ikkita sovringa ortda qoldirdi.

Qayd etiş joiz, Australian Open’da ham ğolib bölgan Rafael faoliyatida ilk bor katta şlem tasnifidagi dastlabki ikki musobaqada tengsiz böldi.

Parij, Fransiya. 22 may – 5 iyun
«Katta dubulğa» turniri
Mukofot jamğarmasi – 43 600 000 yevro
Final. 5 iyun
Rafael Nadal (Ispaniya) – Kasper Ruud (Norvegiya)
6:3; 6:3; 6:0.