11 iyun kuni Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkiloti (YeXHT) Boş kotibi Tomas Greminger boşçiligidagi delegatsiya Özbekistonga taşrif buyuradi. Bu haqda Taşqi işlar vazirligi matbuot xizmati xabar bergan.

YeXHT delegatsiyasi «Terrorizmga olib keluvçi tajovuzkor ekstremizm va radikalizmning oldini oliş hamda ularga qarşi kuraşişda yoşlarning roli» mavzusidagi xalqaro konferensiya işida iştirok etişi rejalaştirilgan.

Şuningdek, taşrif dasturidan Oliy Majlis Senati, Taşqi işlar vazirligi, Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va xalqaro tadqiqotlar institutida uçraşuv va muzokaralar ötkaziş örin olgan.

Tomas Greminger 2017 yilning noyabrida ham Özbekistonga kelib, mamlakat prezidenti Şavkat Mirziyoyev qabulida bölgandi.