Şanxay hamkorlik taşkiloti (ŞHT) mamlakatlari özaro hisob-kitoblarni milliy valyutada yuritişga ötiş vazifasini amalga oşirişlari kerak, zero şu tariqa ularning iqtisodiy xavfsizlik darajasi oşadi. Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev ŞHT sammiti doirasida şunday bayonot bilan çiqdi.
"Dunyoda jahon valyutalari savati diversifikatsiyasi, valyuta qaramligi va kriptovalyutalarning paydo böliş xavfini kamaytiriş haqida köp gapirilmoqda. Şu munosabat bilan biz ŞHTning barça mamlakatlari özaro hisob-kitoblarni milliy valyutada amalga oşirişga ötişiga davlatlarimiz iqtisodiyoti xavfsizlik mezonlaridan biri sifatida qaraşimiz kerak", - dedi Nazarboyev yakşanba kuni ŞHTga a'zo mamlakatlar rahbarlarining 18-yiğilişida.
Qozoğiston prezidentining sözlariga köra, taşkilotga a'zo davlatlarning markaziy banklari tegişli yöl xaritalarini işlab çiqişga kirişişi kerak.
"Mamlakatlarimiz örtasidagi savdo sarmoyaviy loyihalarni amalga oşirişda ikki tomonlama darajadan köp tomonlama darajaga ötişni ta'minlaş muhim. Biz taşkilot doirasida loyihalarni moliyalaştiriş va texnologik resurslarni mobillaştirişga doir qöşma mexanizmlarni yölga qöyiş tarafdorimiz", - deya ta'kidladi prezident.












