Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avtomobillar ishlab chiqarish hajmi oshdi, avtobus va yuk mashinalari pasaydi
Foto: GM Uzbekistan
2018 yilning yanvar-may oylarida ishlab chiqaradigan sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 55,8 trln. so‘mni va o‘tgan yilga nisbatan 107,0% o‘sish sur'atini tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.
Ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida yuqori texnologiyali tarmog‘ining ulushi 1,2%ni (2017 yil yanvar- may oylarida - 1,8%), o‘rta-yuqori texnologiyali - 28,1% (20,4%), o‘rta-quyi texnologiyali - 31,6% (26,8%) va quyi texnologiyali - 39,1% (51,0%) tashkil etdi.
O‘z navbatida, ishlab chiqaradigan sanoatda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan traktor ishlab chiqarish 5,3 martaga, akril va vinil polimerlari asosidagi bo‘yoqlar va laklar – 41,9%ga, avtomobil dvigatellari 33,0%ga, yengil avtomobillar (ixtisoslashtirilganlarsiz) – 22,4%ga, dizel yoqilg‘isi – 24,8%ga, o‘simlik yog‘i (tozalangan) – 9,6%ga, avtomobil benzini – 0,6%ga va paxta tolasi – 1,9%ga oshgan.
Shu bilan birga, avtobuslar, yuk avtomobillari, portlandsement va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining o‘tgan yilning mos davriga nisbatan pasaygan.
Mavzuga oid
11:55 / 20.02.2026
O‘zbekistonliklar yanvarda eng ko‘p qaysi davlatlarga safar qildi?
10:39 / 20.02.2026
Xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalar: hududlar reytingi e’lon qilindi
12:36 / 19.02.2026
Yangi korxonalar soni bo‘yicha Toshkent shahri yetakchi bo‘ldi
11:53 / 19.02.2026