Kremlevning aytişiça, u AQŞ prezidentining öğli bilan bir tadbirda qatnaşgan, ammo töy marosimining özida bölmagan. Tadbirkor xarajatlar qoplanganini tasdiqlagan, biroq pul qaytarilişini kutmaganini bildirgan.
«Xarajatlarni qaytardimi yoki yöqmi, degan savolga kelsak - ha, qaytardi», - deya Kremlevning sözlarini keltirgan TASS.
IBA rahbari buni alohida sovğa deb hisoblamaganini, gap umumiy tadbir haqida ketayotganini aytgan. U vaziyatni mehmonlarni dalahovliga taklif qilib, keyin ularga hisob taqdim etişga qiyoslagan.
Kremlev Tramp-mladşiy bilan döstona munosabatda ekanini ham taʼkidlagan. Uning sözlariga köra, u AQŞ prezidentining öğlidan öziga yordam berişni söramagan.
Donald Tramp ham 18-sentabr kuni jurnalistlar bilan suhbatda öğli Kremlevga pulni qaytarganini aytgan edi. AQŞ prezidenti döstlardan biri töy munosabati bilan ötkazilgan bayram xarajatlarini tölaşini odatiy holat sifatida baholagan.
Masala 14-sentabrda ProPublica naşri eʼlon qilgan jurnalistik suriştiruvdan keyin jamoatçilik eʼtiboriga tuşgan. Unda kiçik Trampning Bagama orollaridagi töy tantanalari xarajatlarining bir qismini Kremlev tölagani aytilgan.
Şundan söng Tramp Axios naşriga Umar Kremlevni tanimasligini bildirgan. Uning izohiga köra, rossiyalik biznesmen töyning özini emas, kelin-kuyov şarafiga keyinroq taşkil etilgan bazmni moliyalaştirgan. Prezident töy boşqa joyda va boşqa kuni ötganini, özi esa mazkur bazmda qatnaşmaganini taʼkidlagan.
Voqea AQŞ Kongressidagi demokratlar eʼtiborini ham tortgan. Vakillar palatasi Nazorat qömitasi aʼzosi Robert Garsiya Oq uy apparati rahbari Syuzi Uaylzga xat yöllagan.
Axios maʼlumotiga köra, Garsiya qömitadagi demokratlar Tramp oilasi prezidentga yaqinligidan moliyaviy manfaat oliş uçun foydalangani haqidagi daʼvolarni örganayotganini bildirgan. Bazm xarajatlarini rossiyalik tadbirkor qoplagani haqidagi xabarlar ham şu doirada tekşirilişi mumkin.

















