Bu masalalar Özbekiston elçisi Alişer Töxtayev va Maroof International Hospital rahbari Nosir Ahmadning Islomoboddagi uçraşuvida körib çiqildi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.
Muzokaralarda soğliqni saqlaş, tibbiy taʼlim va tibbiy turizm sohalarida amaliy hamkorlikni kengaytiriş istiqbollari muhokama qilindi. Pokiston vakili Özbekistonda diagnostika va ixtisoslaştirilgan tibbiy xizmatlar böyiça investitsiya loyihalarini amalga oşirişdan manfaatdor ekanini bildirdi.
Hamkorlikning dastlabki bosqiçida Özbekistondagi tibbiyot texnikumlari bilan birgalikda 3–6 oylik qisqa muddatli öquv dasturlarini işlab çiqiş taklif etildi.
Uşbu dasturlar hamşiralar, laboratoriya mutaxassislari va şoşilinç tibbiy yordam xodimlarini zamonaviy usullar asosida tayyorlaş hamda malakasini oşirişga qaratilgan böladi.
Şuningdek, malakali mutaxassislar iştirokida onlayn darslar, mahorat darslari va amaliy treninglar ötkaziş imkoniyatlari körib çiqildi. Talabalar uçun qisqa muddatli amaliyot dasturlarini taşkil etiş va tajriba almaşiş masalalari ham muhokama qilindi.
Tibbiy texnologiyalar va farmatsevtika sohasidagi hamkorlik doirasida Buxoro viloyatida Janubiy Koreya texnologiyalari asosida işlab çiqarilayotgan koronar stentlarga alohida eʼtibor qaratildi. Nosir Ahmad uşbu mahsulotlarni Pokiston bozoriga eksport qilişga qiziqiş bildirdi.
Tomonlar tibbiy turizmni rivojlantiriş böyiça takliflarni ham qöllab-quvvatladi. Xususan, Pokiston fuqarolari uçun Özbekistonda diagnostika, davolaniş va soğlomlaştiriş xizmatlarini turizm dasturlari bilan uyğunlaştiriş muhokama qilindi.
Öz navbatida, Maroof International Hospital klinikalarida özbekistonlik bemorlarga tibbiy xizmat körsatiş imkoniyatlarini kengaytiriş taklif etildi.
2009-yilda taşkil etilgan Maroof International Hospital - 220 örinli köp tarmoqli xususiy tibbiyot muassasasi. Unda kardioxirurgiya, bolalar kardioxirurgiyasi, neyroxirurgiya, minimal invaziv jarrohlik, ginekologiya, pediatriya, reanimatsiya va şoşilinç tibbiy yordam yönalişlari mavjud.
Xabarda Özbekistonda taşkil etilişi muhokama qilingan markaz yoki klinikaning joylaşuvi, investitsiya hajmi va oçiliş muddati keltirilmagan.












