Şaxs va şaxsiyatni tinç qöyib, tizim haqida gaplaşmaymizmi?

Jurnalist va bloger Diyor Imomxöjayev feysbukdagi sahifasida Yoşlar ittifoqi bilan boğliq vaziyatga munosabat ölaroq post qoldirdi.

Toki şaxsga siğiniş va şaxslarga qarşi kuraş davom etar ekan, bu işimizdan çanglattaning isi anqiydigan bölib qoladi. Yoşlar Ittifoqining kattasi va oddiy jurnalist örtasida paydo bölgan duel sabab kulişni ham, yiğlaşni ham bilmay qoldim.

Çunki inson xato qiladi, bilmay gapirib qöyadi. Şu xayol bilan qaraganda, Quranboyevni tuşuniş mumkin. Biroq Ittifoqdek katta taşkilot rahbari har bir jumlasini öylab gapirişga majburki, Qarşiyev körsatib berayotgan milliy jurnalistikaning hozirgi pozitsiyasi şuni talab qiladi.

Men savolni boşqaça qöyişni istardim. Keling, şaxslarni tinç qöyaylik. Zero Quronboyevga qarşi çiqayotganlar inson huquqlarini himoya qilyapti, uning yoni bölayotganlar esa şaxsga siğinayotgandek taassurot qoldiryapti. Agar birgina insonning işdan olinişi va uning örniga yangisi kelişi Yoşlar Ittifoqi armiyasi kuçiga soya solsa, demak biz yillar davomida kuçli, öz pozitsiyasi bor yoşlarni emas, şunçaki zombilarni tarbiya qilgan bölib qolamiz. Hozirgi holat katta Karimova atrofida jam bölib ayuhannos solgan yoşlarni sizga eslatgandek bölmayaptimi?

Farqi yöq – Ittifoqni Quronboyev boşqaradimi yoki boşqasi (keyingisi ham, özi ham endi yetti ölçab bir kesişga majbur). Ammo Yoşlar Ittifoqi mexanizmi qançalik töğri degan savolni nega qöyib körmaymiz? Bitta inson ham, bitta katta taşkilot ham mutlaqo ayri yölda bölişi katta ehtimol. Biz monopol korxona-yu taşkilotlardan aziyat çekkanimiz yetmayotgandek, özimiz boşqasini işga tuşirib qöyişimiz qançalik töğri? Aytaylik, hokimiyat ilinjida kamida 4ta partiya kuraş olib boradi. Ular özining yöli, öz prinsiplari va qaraşlari fonida raqobat hosil qiladi. Ularning yoniga muxolifat partiyalari qöşilişi, turfikrlilikni yanada oşiradi, kimdir körmayotgan kamçilikni öşa oppozitsiya eslatib turadi.

Ammo Yoşlar Ittifoqi bitta va unga ajratilgan kattagina mablağ mavjud. Agar bizda uning kabi yana 2—3 taşkilot bölganida, vaziyat biroz boşqaça köriniş olişi mumkin edi. Quronboyev ham, uning ittifoqçilari ham kim bilandir hisoblaşardi, raqobatda yutiş uçun intilardi. Hozirgi holatda esa ular öz yönalişida monopol. Şuning uçun ham Ittifoq a'zolarining hammasini iqtidorli, unga a'zo bölmaganlarni iqtidorsiz deya olmaysiz. Buni öşa Ittifoq içida bölmasa-da, şunday katta taşkilotga bemalol toş otayotgan heç bölmaganda birgina jurnalistning bor ekani ham körsatib turibdi. Çunki öşa yoş jurnalist taşkilot kattasining kiçik xatosini körsatib, bu işning noqonuniy tomonini oçyapti, Qarşiyevga qarşi çiqayotganlar esa Quronboyevning fozil va qobil inson ekaniga urğu beryapti (katta ehtimol bilan şunday bölişi ham mumkin). Eng yomoni ham şu. Zero biz biror şaxsni emas, Konstitutsiyani afzal deb bilganimizdagina özimiz istayotgan jamiyat qura olişimiz mumkin.