Yevropa komissiyasi Google kompaniyasi özining Android operatsion tizimini bozorda ilgari suriş maqsadida öz vakolatlarini suiiste'mol qilişi yuzasidan unga nisbatan jarima tayyorlamoqda. Bu haqda raqobat masalalari böyiça yevrokomissar Margret Feştager olib borgan tergov natijalaridan ma'lum böldi. 

Yevropa ittifoqi e'tirozlari Google va smartfon işlab çiqaruvçi kompaniyalarning özaro işlaşi siyosatiga taalluqli. Yevrokomissar ma'lumotlariga köra, Google özining dasturlarini maksimal miqdorda örnatişga rozi bölgan smartfon işlab çiqaruvçi kompaniyalarga imtiyozlar taklif qilgan va aksinça, Google Chrome brauzeri yoki Google-izlaş tizimini örnatişdan boş tortganlarga Google Play’ga kirişni bloklaş bilan tahdid qilgan.

Bundan taşqari, Google kompaniyasi Google-xizmatlari bilan smartfon işlab çiqaruvçilarni modifikatsiya qilingan Android‘ni Google Play’siz çiqarmasliklari, biroq unga muqobil dasturlar dökoni yoki Chrome, Youtube muqobillari bilan çiqarişlari ortidan kuzatgan.  

2015 yilda Google’ga şunday e'tirozlarni Yandeks bildirgan. Tergov natijalariga köra, AQŞ kompaniyasi 438 mln rubllik jarimaga tortilgan. 

Bugungi kunda Android operatsion tizimi ostida işlovçi smartfonlar uluşi 85 foizdan köproqni taşkil qiladi, Google izlaş tizimiga esa butun dunyo böylab izlaşlarning taxminan 90 foizi töğri keladi.