SMS-xabarlar öz ahamiyatini yöqotgan zamonaviy dunyoda WhatsApp, Viber va Telegram messenjerlari auditoriyasi kun sayin oşib bormoqda. Google kompaniyasi buni yaxşi anglagan holda bir neça oy ilgari mazkur servislar "qotili"ni işlab çiqarişga kirişgan edi.
Chromium Gerrit jamoasi işlab çiqaruvçilari Google kompaniyasi Telegram va WhatsApp'ning "qotili"ni keng ommaga taqdim etiş ustida işlayotganlaridan xabar topişdi. Gap Android operatsion tizimi bazasidagi barça smartfonlariga örnatiladigan Android Messages nomli ilova haqida bormoqda. Amerika korporatsiyasi uşbu messenjerdan barça platformalar va elektron qurilmalarda foydalaniş mumkin bölişiga erişmoqçi.
Hozirda Android Messages tölaqonli messenjer funksiyalaridan mahrum, biroq joriy yil oxirigaça barçasi özgarişi kerak. Ikki oy ilgari Google bu servisning töliq qayta işlanişi haqida e'lon qilgandi. Biroq integratsiya aynan qanday amalga oşirilişi haqida hozirça aniq ma'lumotlar berilmagan.
Faqat barça ma'lumotlar brauzer doirasida qayta işlanişigina ma'lum. Bu Android Messages'ning kelgusida har qanday zamonaviy platformada foydalaniş imkoni bölgan messenjer bölişi mumkinligidan dalolat beradi. Şunday böladigan bölsa, tez orada Google Chrome, Mozilla Firefox, Microsoft Edge, Opera va Apple Safari brauzerlari foydalanuvçilari Telegram va WhatsApp'ning "qotili"ga kiriş imkonini qölga kiritadi.












