Ispaniya termasi boş murabbiyi Xulen Lopetegi jamoani jahon çempionatida boşqarmaydi.

Krasnodar şahrida ötkazilgan matbuot anjumanida Ispaniya qirolligi futbol federatsiyasi rahbari Luis Rubiales şu haqda e'lon qildi.

«Biz Lopetegi xizmatidan voz keçişga majbur böldik. Unga kelgusi faoliyatida omad tilaymiz. Ispaniya terma jamoasining barça xodimlari bilib qöyişi kerak, bizda umumiy tan olingan ahloq me'yorlari bor. 

Yöq, bu xiyonat emas. Ammo, muammo şuki, «Real» bilan muzokaralar federatsiyani boxabar qilmasdan olib borilgan. Buni e'tiborsiz qoldirolmaymiz. 

Lopetegining professionalligiga şubha yöq. Ammo işlarni qoidaga köra olib boriş kerak», – deb bayonot berdi Rubiales.

Eslatib ötamiz, avvalroq Lopetegi jahon çempionatidan söng, «Real» boş murabbiyi bölişini e'lon qilgan edi. Bu federatsiya rahbariyatini darğazab qilgan. Vaholanki, uç hafta oldin mutaxassis terma jamoa bilan yangi şartnoma imzolab, uni 2020 yilgaça uzaytirgandi.  

Aytişlariça, Serxio Ramos boşçiligidagi futbolçilar Lopetegining iste'foga çiqarib yuborilişiga qarşi bölişgan.