Hayit – musulmonlarning eng uluğ, orziqib kutilgan bayramlaridan biri. Ramazon oyi tugagaç, Hayit namoziga çiqiladi, barça döst-birodarlar bir-birlarini bu bayram bilan tabriklaşadi. Qarindoş-uruğlar, beva-beçoralar holidan xabar olinib, ularning köngli ovlanadi, bolajonlarga şirinliklar ulaşilib, quvonçlariga sabab bölinadi. Bu kunda barçaning yuzida tabassum, kayfiyatida kötarinkilik va dilida Alloh zikri, şukronalik tuyğusi mujassamlaşadi.

Ammo mana şunday kunda, xonadonidan ötib ketgan marhum uçun uç kun ta'ziya oçib, “Marhum hayitligi” kabi bid'at marosimlarni ötkazuvçilar ham topiladi. Aynan mana şu mavzuga töxtalar ekan, Toşkentdagi “Şayx Zaynobiddin ota” jome masjidi imom xatibi Odilxon qori Yunusxon öğli şunday fikr bildirdi.

“Bu gapni 21 yildan buyon iltimos qilaman. Meni vazifam yetkazib qöyiş: amal qilganga ham, amal qilmaganga ham Alloh şohid. Şundan keyin ham hayit kuni uyida ta'ziya oçsa, hukumat uç kun hayit bayrami degandan keyin ham hayotida boğlamagan belboğlarni beliga boğlab, hayotida kiymagan döppilarni sandiqdan olib, çakmonlarni kiyib olib uyida ta'ziya oçgan odam, bilib qöying, öziga çoh qazigan böladi.

Hayit kuni bayram. Mabodo öşa kuni ta'ziya töğri kelib qolsa, unda mayli. Öşanda ham uç kun aza qilinadi. Lekin marhum ança oldin qazo qilgan bölsa va yaqinlari “hayitliklari” deb aza oçib, şunga bel boğlab, şunga yelkadoş bölib, öşa azaga kirib, öşa yerda Qur'on öqigan odam diniga duşmanlik qilgan odam böladi. Hayitmi, hayitni bayram qilişsin. Öşa aza egalari ham bayram qilişsin.

Bu işlarni yiğiştiraylik endi... 70 yillik mustabid davri ötdi. Özbekiston musulmonlari idorasi, hukumat, ommaviy axborot vositalari, hatto prezident aytayapti – endi töxtatiş kerak-da! Bundan ortiq yana qanday qilib aytiş kerak?”