30 mart kuni islom dunyosidagi asosiy bayramlardan biri — Ramazon hayiti keng nishonlandi. Shu kuni tongda musulmonlar Ramazon oyi tugashiga munosabati bilan hayit namozi o‘qish uchun masjidlarga chiqishdi. 

Namoz ado etilgach, xonadonlarda to‘kin-sochin dasturxon yozildi, vafot etgan yaqinlarining qabrlarini ziyorat qilishga yo‘l olindi, bir-birlariga sovg‘alar ulashildi.

G‘azo sektori shimolidagi Jabaliya shahridagi falastinliklar Isroil va Hamas o‘rtasidagi urush vaqtida vayron bo‘lgan masjid xarobalari orasida namoz o‘qimoqda
Foto: Mahmoud Issa / Reuters
Quddusdagi Al-Aqso masjidi atrofida to‘plangan oilalar. Foto: Getty Images
Bag‘dod, Iroq. Foto: Ahmed Saad / Reuters
Pokistonning Peshavor shahri chekkasidagi masjidda duo qilayotgan afg‘on qochqinlari
Kobul, Afg‘oniston
Foto: Samiullah Popal / EPA / TASS
Moskvada ibodatga tayyorgarlik. Foto: Reuters
Moskva, Rossiya
Foto: Mixail Grebenshchikov / RBK
Ukrainaning Lviv shahrida bolalarga sovg‘alar tarqatilmoqda