Turkiyaning Eskişeher viloyatida Transanatoliya gaz quvuri –  TANAP’ning tantanali oçilişi bölib ötdi. Bu gaz quvuri orqali Ozarboyjon gazi Rossiyani çetlab ötgan holda Yevropaga yetkaziladi.

Kompressor-ölçaş stansiyasida ötgan marosimda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan, Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev, Serbiya prezidenti Aleksandr Vuçiç va Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenko iştirok etdi.

Foto: aa.com.tr

Erdöğan öz nutqida uşbu loyihani “Energetik Ipak yöli” deb atagan.

Gaz quvurining ötkaziş quvvati yiliga 16 mlrd kubmetr gazni taşkil qiladi, bu hajmdan 6 mlrd kubmetrini Turkiya oladi, qolgan 10 mlrd kubmetri Yevropa janubidagi davlatlarga yetkaziladi. 

Foto: aa.com.tr

Uzunligi 1850 km bölgan gaz quvuri orqali Ozarboyjonning Şox-Deniz konidan olinadigan gaz Turkiyaning ğarbiy çegaralarigaça yetkaziladi.