Önlab yillar davomida çordoqda poyabzal qutisi içida çang bosib yotgan çinni vaza 16,2 mln yevroga sotildi.

Parijda Sotheby’s auksionida sotuvga qöyilgan vaza uçun murosasiz kuraş keçgan. Savdo auksion uçun noodatiy uzoq vaqt – 20 daqiqaça davom etgan. Vaza uçun taklif qilingan maksimal qiymat baholovçilarning prognozidan 20 marta köproqni taşkil qilgan. Ta'kidlanişiça, Fransiyadagi Sotheby’s auksionlarida hali biror buyum bunday uzoq vaqt sotilmagan.

Vaza avvalgi egalariga merosga qolgan. Vazani topgan ayol uni mutaxassislarga körsatişga qaror qilgan. Ayol bebaho vazani kerakli joyga poyabzal qutisida yetkazgan.

“U qutini stol ustiga qöyganda va biz qutini oçganimizda, buyumning çiroyi barçani hayratlantirdi”, deb eslamoqda mutaxassis. Balandligi 30 sm bölgan vazani turli bezaklar qoplagan bölib, Xitoyda 1736-1795 yillar yaşagan Aysingyoro Xunli imperatori belgisi vazani 18-asrga mansubligini bildirgan. Vaza Fransiyaga tuşişdan oldin Tsin sulolasiga tegişli bölgan.