Manbalarda zikr etilişiça, Imom Buxoriyning şogirdi Işoq ibn Ahmad ibn Xalaf şunday hikoya qilgan ekan: “Bir kun ustoz huzurlarida ötirgan edik. Şu payt bir maktub keltirdilarki, unda Abdulloh ibn Abdurahmon ad-Dorimiyning vafoti haqida xabar qilingan edi. Bu noxuş xabardan ustoz çuqur qayğuga botib, boşini quyi egdilar. Bir muddatdan keyin boşini kötarib, közlari limmo-lim yoşga tölgan holda Qur'on tilovat qildilar va “Sening tirik bölişing uçun döstlar hammasi jonlarini fido qilişga tayyor edilarku”, deb yuzlariga duoyi fotiha tortdilar”. 

Imom Buxoriydek alloma yuksak ehtirom bilan tilga olgan ad-Dorimiy kim edilar?

Imom ad-Dorimiy (798-869) öz davrida uluğ hadisşunos olim sifatida katta şuhrat qozongan. Ilm ahli orasida beqiyos obro‘-e'tiborga ega bölgan alloma bir qança muddat Samarqandda şayx ul-islom bölgan. Manbalarda ta'kidlanişiça, u tabiatan vazmin, adolatparvar va haqiqatgöy, insof va diyonati barkamol inson bölgan. Şu bois sulton tomonidan Samarqandning qozikaloni lavozimiga taklif qilingan. Rad javobini olsa-da, sulton öz fikrida qat'iy turib olgaç, alloma rozi böladi. Ammo atigi bitta iş körilgaç, u özini bu lavozimdan ozod qilişlarini söragan ekan...

Bu uluğ allomaning “Al-Musnad”, “At-Tafsir”, “Al-Jomi'”, “As-Sulosiyot fi-l-hadis” kabi nodir asarlari bor.