Samarqand viloyati Payariq tumanidagi Imom Buxoriy majmuasi qayta oçilganidan keyingi ilk oyda bir milliondan ortiq mahalliy va xorijiy mehmonni qabul qildi. Rekonstruksiya işlaridan söng majmua mintaqadagi eng yirik ziyorat markazlaridan biriga aylandi.
Majmua tomon yöl olganingizda uzoqdan köringan oq gumbazlar va baland minoralar diqqatni tortadi. Hozir bu yerga Özbekistonning turli hududlaridan va xorijdan kelayotgan mehmonlar oqimi deyarli töxtamayapti.
63 gektar maydonda barpo etilgan majmua hududida masjid, ilmiy markaz, hadis maktabi, muzey va ziyoratçilar uçun infratuzilma joylaşgan. Rekonstruksiya işlaridan keyin hududda piyodalar yölaklari, yaşil maydonlar, servis nuqtalari va keçki yoritiş tizimi yangilangan.

Payariqlik mehnat faxriysi Ahmadqul Turdiyev majmua bugungi qiyofasi bilan avvalgi yillardan ança farq qilişini aytdi.
- Bu yerga kelgan odamlar avvalo majmuaning ma’naviy mohiyatini his qilişi kerak. Şunçaki sayr yoki suratga tuşiş uçun emas, Imom Buxoriy merosini anglaş uçun kelişi muhim. Ayrimlar kiriş yoki ba’zi xizmatlarning pulli ekanidan norozi bölyapti. Lekin bunday katta hududni saqlaş, obodonlaştiriş va şaroitlarni yaxşilaş uçun mablağ kerak böladi. Qolaversa, tuşayotgan mablağlar ehtiyojmand va kam ta’minlangan insonlarga yordam berişga ham yönaltiriladi, - deydi u.

19 yildan buyon majmuada işlab kelayotgan gid-ekskursovod Şuhrat Berdimuradov ham taşrif buyuruvçilar soni keskin oşganini aytdi.
- Hozir majmuada sakkiz nafar gid mehmonlarga xizmat körsatadi. Ertalab soat 06:30-07:00 dan keçki 20:00 gaça işlaymiz. Bu yerga Turkiya, Malayziya, Indoneziya, arab davlatlari va boşqa mamlakatlardan keluvçilar köp. Ular nafaqat ziyorat, balki Imom Buxoriy hayoti va merosi haqida ma’lumot olişga ham qiziqadi, - deydi u.
Bir oyda 1 milliondan ortiq mehmon qabul qilayotgan markaz uçun sakkiz nafar gid nisbatan kam ekani ham közga taşlanadi. Mutaxassislar fikriça, bunday obektlarda taşrif buyuruvçilarga sifatli xizmat körsatiş uçun gidlar sonini oşiriş, servis xizmatlarini kengaytiriş va infratuzilmani doimiy rivojlantirib boriş talab etiladi.
Jahon tajribasida yirik ziyorat va tarixiy obektlarda ayrim xizmatlarning pullik bölişi odatiy hol hisoblanadi. Bu orqali obidalarni saqlaş, xizmat körsatiş sifatini yaxşilaş va hudud infratuzilmasini rivojlantiriş imkoniyati yaratiladi. Xususan, Toşkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Toj Mahal, Ayo Sofiya yoki Xoja Ahmad Yassaviy maqbarasi kabi obektlarda ham şu amaliyot qöllanadi.


















