25 noyabr kuni prezident Şavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga işçi taşrif buyurdi. Taşrif doirasida davlat rahbari avvalo Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi. Qur’on tilovat etildi, duo öqildi.

Prezident taşabbusi bilan sönggi yillarda mazkur majmua buyuk muhaddis bobomizning islom olamida tutgan yuksak mavqei va ulkan ilmiy salohiyatiga munosib ravişda tubdan qayta bunyod etildi. Umumiy maydoni 45 gektarni taşkil etuvçi hududda ulkan maqbara, 10 ming kişilik masjid va ma’muriyat binosi, muzey, kiriş va çiqiş ayvonlari barpo etilgan. Ziyoratgohning tört burçagida qad rostlagan 75 metrlik minoralar majmuaga alohida mahobat bağişlaydi.

Ziyoratgoh faqat ziyorat maskani emas, balki ilm-ma’rifat, tarbiya va ibrat markazi sifatida ham faoliyat yuritmoqda. Şu maqsadda majmuada innovatsion muzey taşkil etilgan bölib, u islom olamida “muhaddislar sultoni” deya e’tirof etilgan Imom Buxoriyning hayoti, ilmiy merosi va islom ma’rifati rivojiga qöşgan hissasini zamonaviy şaklda namoyon etadi.

Agar avval majmua bir kunda 12 ming ziyoratçiga xizmat körsatgan bölsa, hozirgi kunda 65 ming nafar mehmonga xalqaro standartlarga mos xizmat körsatiş imkoniyati yaratilgan. Hududda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Hadis ilmi maktabi ham faoliyat körsatmoqda.

Ziyoratgoh atrofida 570 milliard söm mablağ evaziga mehmonxonalar va savdo-servis nuqtalari barpo etilgan. Jumladan, 1 ta tört yulduzli, 2 ta uç yulduzli mehmonxona hamda 22 ta oilaviy mehmon uyi qurilgan. Mazkur obektlar töliq kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlangan, hudud obodonlaştirilgan. 2026 yilga qadar kökalamzorlaştiriş işlarini yanada kengaytiriş va avtoturargohlar taşkil etiş rejalaştirilgan.

Davlat rahbari Imom Buxoriy ziyoratgohini xalq boy ma’naviy merosi va bunyodkorlik salohiyatining yorqin namunasi sifatida e’tirof etdi. Majmuada olib borilayotgan sönggi obodonlaştiriş işlarini sifatli va öz vaqtida yakunlaş, ziyoratçilar uçun yanada qulay şaroit yaratiş yuzasidan mas’ul rahbarlarga aniq topşiriqlar berildi.