Prezident Şavkat Mirziyoyev 19 mart kuni Samarqand viloyati Payariq tumanida joylaşgan Imom Buxoriy majmuasiga taşrif buyurdi.
Ziyoratgoh markazida joylaşgan buyuk hadisşunos Imom Buxoriy hazratlarining tabarruk maqbarasi ziyorat qilindi. Taşrif çoğida Qur’on oyatlari tilovat etilib, duo öqildi.
Davlat rahbari muborak Ramazon hayiti arafasida uluğ vatandoş, hadis ilmining sultoni Imom Buxoriy hazratlarining ruhi poklariga ehtirom bajo keltirilayotganini ta’kidladi.


– Buxoriy bobomiz Qur’oni karimdan keyingi eng mötabar manba bölgan hadislar töplamini yaratib, butun islom olamida yuksak obro‘-e’tiborga sazovor bölgan buyuk allomadir. Muqaddas zaminimiz dunyoga ana şunday uluğ siymolarni bergani bilan faxrlanişga arziydi, – dedi prezident.
Şuningdek, el-yurtning fidokorona mehnati bilan barpo etilgan mazkur ziyoratgoh Imom Buxoriy hazratlarining olamşumul mavqeiga munosib ekani qayd etildi.
Taşrif davomida uşbu tabarruk maskan barça yurtdoşlar uçun muborak bölişi tilab, ezgu duolar qilindi.















