13 iyun kuni Samarqand şahrida noma'lum şaxs “Marmar” dehqon bozori oldida Past Darğom tumanida yaşovçi Z.N. ismli ayolga xorijiy valyutadagi pullarini Samarqand şahar temiryöl vokzali oldida joylaşgan bankda sömga almaştirib berişini aytib, birgalikda yölovçi taksi avtomaşinasiga ötiradi. 

Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi xabariga köra, Gagarin köçasiga yetib kelganlarida noma'lum şaxs Z.N.ning qölidan içida 6 000 AQŞ dollari, 200 ming söm puli, zargarlik buyumi va fuqarolik pasporti bölgan sumkasini tortib olib, avtomaşinadan tuşib voqea joyidan qoçib ketgan.

Körilgan çoralar natijasida uşbu jinoyatni Sattepo maskanida yaşovçi F.B. sodir etganligi aniqlanib, uşlangan.