Jahon | 12:19 / 14.06.2018
28320
1 daqiqa o‘qiladi

Video: Antarktikadagi muzliklar rekord tezlikda erimoqda

Foto: Videodan kadr

Antarktikada muz rekord tezlikda erimoqda, buni ikkita yangi tadqiqot ma'lumotlari ko‘rsatdi. Keyinchalik dengiz ko‘tarilishi butun dunyodagi shaharlar uchun fojiali oqibatlarga olib kelishi mumkin, deya xabar beradi Guardian.

«Antarktika muzliklarining erish tezligi so‘nggi besh yil ichida uch baravarga tezlashdi», - deyiladi xabarda.

Olimlarning ta'kidlashicha, kelgusi o‘n yil mobaynida choralar ko‘rilmasa, erigan muz 2070 yilga borib dunyodagi dengiz sathi darajasining 25 sm.dan ko‘proqqa o‘sishiga olib kelishi mumkin. Shu tariqa, umuman olganda, dengiz sathi 3,5 metrga o‘sishi mumkin.

«Bu biz o‘zimizning sohilbo‘yi shaharlarimiz va jamoalarimiz himoyasini ishonib topshirgan hukumatlar uchun tashvishlanishga sabab bo‘lishi kerak», - deya ma'lum qildi tadqiqotga rahbarlik qilgan professor Endryu Shepard.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid