Tarixiy ma'lumotlarga köra, Abu Rayhon Beruniy umrining oxirigaça ilm izlagan ekan. Naql qilişlariça, allomaning şogirdlaridan biri u sönggi nafaslarini olayotgan paytda huzuriga kiribdi. Ustozi undan “Meroslarni notöğri böliş haqida aytganlaringni takrorlab ber”, deb sörabdi. Şogirdning ustoziga rahmi kelib, “Şunday ahvolda-ya!” degan ekan, Abu Rayhon Beruniy “Men uçun bu masalani bilib, dunyodan ötiş bilmasdan ötib ketişdan afzalroq emasmi?”, debdi. Şundan söng şogird söralgan masalani takrorlab beribdi, ustoz esa bu boradagi öz muşohadalarini bildiribdi. Suhbatdan keyin şogird ustozining oldidan çiqib ketişi bilan uydan yiği ovozlari eşitila boşlabdi.
Ammo yana bir hikoyat borki, bu uluğ alloma ilmdan yolğonçilik, şaxsiy manfaat yölida foydalanişga mutlaqo qarşi bölgan ekan. Falsafa fanlari doktori, professor Baxtiyor Törayevning yozişiça, bir kişi Beruniydan iltimos qilib, “Menga foyda keltiradigan biror narsani örgatib qöying”, debdi. Olim unga al-Kindiyning “Işoratlar kitobi”dan ötkir narsalardan tayyorlanadigan bir dori tarkibini yozib beribdi. Bu dori suvga tomizilib, hosil bölgan moddaga qalamni botirib, aqiq toşga çizilsa, toşdagi yozuv oq bölib körinarkan. Buni örganib olgan boyagi kişi “Muhammad”, “Ali” va boşqa ismlarni toşga yozib, “Bu falon joydan topilgan tabiiy yozuv”, deb da'vo qiladigan, sodda odamlarning pulini şiladigan bölibdi. Beruniy esa bu darsidan puşaymon bölib, “Ilmni nafsi uçun işlatadiganlarga örgatiş — uning jinoyatiga şerik bölişdir”, deb Allohga tavba qilgan ekan.











