Isroillik öt öçiruvçilar Ğazo sektoridan Isroil tomon portlovçi moddali varraklar uçirilgandan keyin 400 dan ortiq yonğinni öçirişlariga töğri keldi. Bu haqda Haaretz naşri ma'lum qildi.   

“Biz bu muammoga qarşi 1,7 mlndan 2 mln şekelgaça (550 ming dollar) miqdorda qöşimça mablağ sarfladik. Gap mamlakatning turli tumanlaridan kömak sifatida kelgan öç öçiruvçilarning minglab soatlik işi haqida ketmoqda”, deb aytgan öt öçiriş xizmati xodimi Dedi Simçi.

Foto: MIGnews.com

Simçi şunday holatlar yana sodir etilişi mumkinligidan ogohlantirdi. Uning aytişiça, “Isroil aholisi yonğinlarga tayyor turiş haqida köproq ma'lumotga ega bölişlari muhimdir”.

Bundan bir kun avval Times of Israel naşri falastinliklar 15 iyun kuni Ğazo sektoridan Isroil tomon portlovçi qurilmali 5 mingta varrak uçiriş bilan tahdid qilganlarini ma'lum qilgandi.