12 iyun kuni Toşkent viloyatining Angren şahrida yaşovçi S.X. ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda şu yil 9 iyun kuni noma'lum ayol uning uyiga kelib, özini bank xodimi deb taniştirgani va 30 foizlik çegirma bilan dam oliş maskaniga yöllanma olib berişligini aytib, undan 1.400 AQŞ dollarini aldab olganini bildirgan. 

Bu haqda Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi xabar qilmoqda.

Qayd etilişiça, öşa ayol pullarning örniga 8 dona qalbaki 200 yevro kupyurasi solingan konvertni berib, bir neça kundan keyin pullarni bank orqali milliy sömga almaştirib berişligini aytib, voqea joyidan ketganligini ma'lum qilgan.

«Hurmatli fuqarolar, öz xorijiy valyutangizni banklarning valyuta ayirboşlaş şoxobçalari orqali milliy valyutaga almaştiring. Agarda siz va yaqinlaringiz oldiga ana şunday şaxslar kelib, pullaringizni milliy valyutaga almaştirib berişni aytsa bilingki, ular firibgardir. Darhol içki işlar organining hududiy bölimlari yoki «102» telefon raqamiga qönğiroq qilib xabar bering», - deyiladi IIV xabarida.