Rossiyada jahon çempionati öyinlari davom etmoqda.

S guruhida Fransiya va Avstraliya terma jamoalari bellaşdi. 

Yevropa vitse-çempioni öyinda taşabbusga ega bölsa-da, qiyinçilik bilan ğalaba qozondi. 

58-daqiqada Grizmann penaltidan hisobni oçdi. Unga nisbatan qoida buzilgan vaziyatni boş hakam payqamay qolgan edi, biroq takroriy videolavhani tomoşa qilganidan söng, penalti belgiladi.

62-daqiqada Yyedinak penaltidan hisobni tenglaştirdi. Bu vaziyatda himoyaçi Umtiti jarima maydoni içida töpni qöli bilan öynagan edi.

80-daqiqada ilğor texnologiyalar yana fransuzlarga yordamga keldi. Pogba zarbasidan söng, töp tösinga tegib, darvoza içiga kirib çiqdi. Golni aniqlaydigan tizim esa töp çiziqni kesib ötganini körsatdi.

JÇ-2018, S guruhi
Fransiya – Avstraliya 2:1 (0:0, 2:1)
16 iyun, «Qozon-Arena» 
Gollar: 1:0 – 58, penalti Grizmann, 1:1 – 62, penalti Yedinak, 2:1 – 80 Pogba. 
Fransiya – Loris, Varan, Lyuka Ernandes, Pavar, Umtiti, Tolisso (Matyuidi, 78), Kante, Pogba, Dembele (Fekir, 70), Grizmann (Jiru, 70), Mbappe.
Avstraliya – Rayan, Seynsberi, Bexiç, Risdon, Milligan, Lekki, Yedinak, Muy, Rogiç (Irvayn, 72), Kruz (Arzani, 84), Nebbaut (Yuriç, 64).
Ogohlantirişlar: Lekki (13), Risdon (57), Tolisso (76), Bexiç (87).