Yaponiyaning Kyusyu orolidagi Sakuradzima vulqoni 4,7 km balandlikka kul va tutun ustunini otdi.
Meteorologlar mahalliy vaqt bilan soat 07.20da “portlaş xarakteridagi” otilişni qayd qilişgan. Şuningdek, vulqon krateridan 800-1000 metr masofagaça yirik toşlar otilgani qayd qilingan. Mutaxassislar vulqon ortidan kuzatuv olib borişmoqda.
Vulqon otilişi sababli hududda mumkin bölgan 5 darajadan 3-xavflilik darajasi amal qilmoqda. Bu esa toğga yaqinlaşiş va unga kötariliş man etilganini anglatadi. Mutaxassislar toş va lavalar otilişi mumkinligi sababli vulqondan 2 km masofagaça hududda ehtiyotkorlik namoyon etişga çaqirişgan.
Sakuradzima vulqoni balandligi dengiz sathidan 1117 metrgaçani taşkil qiladi va uning yonbağirlarida parazitik kraterlar bor.












