Qiroliça Mariya nomidagi London universiteti olimlari tiş emalini tiklovçi material ixtiro qilişdi.

Nature Communications naşrining yozişiça, yangi material tişlarning çirişiga qarşilik körsatadi hamda ekstremal haroratlar, kislotali ovqatlar va içimliklarga bardoşli.

Material öz strukturasiga köra tabiiy tiş emaliga öxşaş bölib, uni yaratişda kristallar ösişini çaqiruvçi oqsil qöllangan.

Olimlarning aytişiça, yangi material yordamida kelgusida qattiq töqimalarni tiklaşda katta taraqqiyotga erişiş va hattoki tişlar çirişining oldini oliş mumkin.

Avval tiş emalini tiklaşning iloji yöq deb hisoblab kelingan.