TDIU va London universiteti hamkorligidagi qöşma ta’lim dasturiga qabul boşlandi
|15:00 / 03.08.202123 1488 min
Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti va London universiteti (University of London) hamkorligidagi International School of Economics and Finance (ISEF) qöşma ta’lim dasturiga 2021/2022 öquv yili uçun qabul boşlandi!
Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti bir yilga yaqin muddat davomida olib borilgan muzokaralar natijasida London universiteti (University of London) va London iqtisodiyot va siyosiy fanlar maktabi (LSE) bilan kelişuvga erişib, hamkorlikda ISEF qöşma ta’lim dasturini yölga qöydi.
Toşkent davlat iqtisodiyot universitetida Buyuk BritaniyaningLondon universiteti (University of London) hamkorlikda International School of Economics and Finance (ISEF) qöşma ta’lim dasturida akademik rahbarlik London School of Economics and Political Science (LSE) tomonidan amalga oşiriladi.
Qöşma ta’lim dasturi bitiruvçilari Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti va London universiteti(University of London) diplomlariga ega böladilar.
Saytimizda uşbu jarayonlar batafsil yoritib kelinmoqda. Jumladan, Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti London iqtisodiyot va siyosiy fanlar maktabi ( LSE ) bilan memorandum imzolangani va Toşkent davlat iqtisodiyot universitetida London universiteti (University of London) hamkorligida qöşma ta’lim dasturi yölga qöyilişi munosabati bilan bölib ötgan matbuot anjumani haqida maqolalar çop etilgan edi. Sönggi yarim yil mobaynida Özbekiston oliy ta’lim tizimi uçun juda muhim kelişuv sifatida qaralgan uşbu qöşma dasturning ahamiyati nimada?
Qöşma ta’lim dasturida öqitiş jarayoni töliq ingliz tilida bölib, öquv rejalari, fan dasturlari va öquv materiallari London iqtisodiyot va siyosiy fanlar maktabi (LSE) akademik rahbarligida işlab çiqiladi. Yakuniy nazorat sinovlari London iqtisodiyot va siyosiy fanlar maktabi (LSE) professorlari tomonidan tayorlanadi va mustaqil baholanadi.
Mavzuga oid
Yil söngida yakuniy nazorat sinovlari Britaniya kengaşi (British Council) nazoratida ötkaziladi. Bu esa öqitiş jarayonida şaffoflik va ta’lim sifatini ta’minlaydi.
Buyuk Britaniyaning 17 ta nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan iborat London universiteti (University of London) federatsiyasi kengaşi Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti bilan hamkorlikda yölga qöyilgan mazkur dasturni ma’qullab, uni International School of Economics and Finance (ISEF) nomi bilan yuritiluvçi özining tan olingan Özbekistondagi xalqaro qöşma ta’lim dasturi maqomini berdi, şuningdek, 2021/2022 öquv yilidan boşlab qabul jarayonini amalga oşirişga ruxsat berdi.
London iqtisodiyot va siyosiy fanlar maktabi (LSE) haqida nimalarni bilamiz? Uning xalqaro reytinglarda tutgan örniga nazar solaylik.
London iqtisodiyot va siyosiy fanlar maktabi (London School of Economics and Political Science) nufuzli oliy ta’lim muassasasi sifatida Times higher Education xalqaro reytingida 27-örinni egallab kelmoqda. QS xalqaro reytingida ijtimoiy fanlar va menejment böyiça dunyoda 2-örin, buxgalteriya va moliya yönalişi böyiça dunyoda 4-örinni, iqtisodiyot va ekonometrika yönalişi böyiça esa 6-örinni egallaydi. Şuningdek, QS Yevropa reytingida ijtimoiy fanlar va menejment, buxgalteriya va moliya hamda iqtisodiyot va ekonometrika yönalişlari böyiça 1-örinni egallaydi.
London iqtisodiyot va siyosiy fanlar maktabi (LSE) London universiteti (University of London) federatsiyasi a’zosi bölgani uçun özining xalqaro qöşma ta’lim dasturlarini uşbu federatsiya a’zosi sifatida amalga oşiradi.
Mazkur qöşma ta’lim dasturida öqiş davomiyligi 4 yilni taşkil etib, talabalar birinçi öquv yilida Foundation bosqiçida tahsil olişadi. Ta’limning 2- 3- 4-öquv yillarida talabalar LSE akademik raxbarligi asosida UoL dasturlari böyiça tahsil olişadi.
2021/2022 öquv yili 1-bosqiçini (Foundation) muvaffaqiyatli tamomlagan talabalar öqişlarini ikkinçi bosqiçdan quyidagi yönalişlar böyiça davom ettirişlari mumkin böladi:
• buxgalteriya hisobi va moliya (BSc Accounting and Finance);
• bank işi va moliya (BSc Banking and Finance);
• iqtisodiyot (BSc Economics).
Ahamiyatlisi şundaki, 1-bosqiçni (Foundation) tamomlaganda beriladigan maxsus diplom bilan talabalar ISEF qöşma dasturi yönalişlaridan taşqari Buyuk Britaniya hamda Yevropaning boşqa universitetlari bakalavr bosqiçida ham tahsil olişlari mumkin.
Foundation öquv rejalari va fan dasturlari TDIU tomonidan tayyorlangan bölib, LSE tomonidan öquv jarayonida foydalaniş uçun ma’qullangan.
Şu örinda qöşma ta’lim dasturining ijroçi direktori professor Gavin Kretzsçmar'ning fikrlarini keltirib ötsak:
Gavin Kretzschmar
“Yuqori reytingga ega LSE akademik rahbarligi ostidagi UoL dasturlari oliy ta’limni töliq ijobiy tomonga özgartiriş salohiyati va qudratiga ega.
Ota-onalarga işonç bilan aytişimiz mumkinki, UoL va LSE bilan hamkorlik özbekistonlik talabalar öz vatanlari Özbekistonda jahon darajasidagi bakalavr dasturlari böyiça ta’lim oliş imkoniyatiga ega böladilar.
Işonçim komilki, ISEF talabalarining imkoniyatlari va yutuqlari çeksiz böladi, çunki ISEFda har doim talabalarga sifatli ta’lim va mukammallikni örgatişga e’tibor qaratiladi.
Şu örinda yana bir bor ISEF jamoasini uşbu dasturning yölga qöyilişi bilan tabriklaymiz, bu haqiqatdan ham TDIU – ISEF jamoasining ajoyib yutuği!
UoL – LSE dasturlarini muvaffaqiyatli amalga oşirişda ISEF professor-öqituvçilari va talabalariga rahbarlik qiliş va ularni qöllab-quvvatlaş böyiça UoL va ISEF'ning taklifini qabul qilişdan mamnunman”.
Hujjatlarni qabul qiliş onlayn rejimda ISEF qöşma ta’lim dasturi veb-sayti orqali amalga oşirilmoqda. Abituriyentlarga qulaylik yaratiş maqsadida hujjatlarni qabul qiliş va kiriş imtihonlarni topşiriş (2 avgust – 7 sentabr oraliğida) 3 marotaba taşkil etiladi.
Arizalar umumiy örta ta’lim (11-sinf negizida) yoki örta maxsus (akademik litsey) yoki professional ta’lim (kollej) muassasalarini tugatgan abituriyentlardan qabul qilinadi.
Kiriş imtihonlari 2 bosqiçdan iborat.
1-bosqiç: Onlayn ariza topşirgan va arizalari qabul qilingan barça abituriyentlar TDIUdagi qöşma dastur kampusida (yöriqnomaga muvofiq) imtihonda qatnaşişga taklif qilinadi. Uşbu bosqiçda abituriyentlarning bilimlari quyidagi fanlar böyiça sinovdan ötkaziladi:
• ingliz tili: 30 daqiqa (test)*
• ingliz tili: 30 daqiqa (inşo)*
• matematika: 45 daqiqa (test)
• mantiq: 30 daqiqa (test)
*IELTS (5.0 va undan yuqori ball) sertifikatiga yoki unga tenglaştirilgan xalqaro tan olingan ingliz tili sertifikatlariga ega abituriyentlar ingliz tili sinovlaridan ozod etiladi.
2-bosqiç: Ikkinçi bosqiçga birinçi bosqiçda minimal talabni bajargan talabgorlar ISEF qöşma ta’lim dasturi TDIU binosiga suhbat uçun taklif etiladi. Uşbu bosqiçda abituriyentlar bilan qöşma ta’lim dasturi rahbariyati ingliz tilida suhbat ötkazadi.
Qöşma ta’lim dasturida dars maşğulotlari nufuzli xorijiy universitetlarni tamomlagan va maxalliy universitetlarning yuqori malakali professor-öqituvçilari tomonidan ingliz tilida olib boriladi.
Manzil: 100066, Toşkent şahri, Çilonzor tumani, Islom Karimov köçasi, 49-uy, TDIU ma’muriy bino 9-qavat.