Sonar Music Festival Kataloniya koinot tadqiqotlari instituti va METI International bilan birgalikda özga sayyoraliklar bilan aloqa örnatiş niyatida koinotga 35 ta 10 soniyali elektron musiqa EDM (Electronic dance music) kompozitsiyasini yubordi.
Olimlar bu treklar GJ 237 yulduzigaça yetib borişiga umid qilişmoqda. Treklar koinotda uzoq vaqt davom etadigan “sayr” vaqtida yöq bölib ketmasligi uçun ular ikkilik sanoq tizimidagi kodda yuborilgan.
GJ 237 yulduzi sayyoralaridan biri öz quyoşidan hayot mavjud bölişi uçun yetarliça uzoq masofada joylaşgan. Treklar bosib ötadigan olis masofa hisobga olinsa, ular belgilangan manzilga 2030 yildan keyin yetib boradi. Agar Yerga javob signali jönatilsa, unda u 2042 yildan keyin olinişi taxmin qilinmoqda. Musiqa orasiga insoniyat erişgan ba'zi yutuqlarni körsatiş uçun matematika va umuman fan haqida ma'lumot kiritilgan.
Ötgan yil noyabrda ham olimlar bu yulduz tomon xabar jönatişgandi. Norvegiyadagi antenna yordamida olis yulduz tomon soat, vaqtni ölçaş, hisob yuritiş, geometriya va insoniyat tomonidan yaratilgan boşqa konsepsiyalar haqida ma'lumot jönatilgan. Olimlar bu ma'lumotlarni tuşuna oladigan ongli mavjudotlar topişga umid qilişmoqda. Ular bunga özlari ham unça işonmasalarda, javob signalini 25 yildan keyin oliş umididalar.












