Polietilen quvurlar, sanoat plyonkalari, maişiy buyumlar işlab çiqaruvçi «Rustam Plasteks» kompaniyasi 15 yil avval taşkil etilgan. «Samarkandskiy vestnik» naşrining yozişiça, bu vaqt mobaynida kompaniya nafaqat faoliyatini davom ettirişga, balki işlab çiqariş hajmini kengaytirib, mahsulotlar sotiş uçun doimiy bozorlarni topişga muvaffaq böldi.

Mahsulotlarga qöşni viloyatlarda - Buxoro, Navoiy, Qaşqadaryo, Xorazmda ham talab bor. Bunga sabab oddiy - hozirgi kunda mamlakatda turli binolar, jumladan, uy-joylar qurilişi tezligi yuqori sur'atdadir. Quriliş bor ekan, quriliş materiallariga bölgan talab ham mavjuddir. Bundan taşqari, sanoat plyonkasi qişloq xöjaligi, xususiy issiqxonalar uçun zarur.

Zavod xomaşyoning bir qismini «Şörtan» gaz-kimyo majmuasidan (Qaşqadaryo) oladi, boşqa bir qismi esa Rossiyadan import qilinadi.

Eng katta plyus - bu yerda çiqindilar qayta işlanadi. Kuniga 800 kilogrammgaça eski plyonka va plastmassa mahsulotlari. Korxona hududida işlatilgan sellofan paketlar, plyonkalardan taşkil topgan katta «toğni» körganingizda, uning rahbarlariga minnatdorlik izhor qiliş istagi paydo böladi - bu çiqindilarning bari hammasi oyoqlarimiz ostida, köçalarda, ariqlarida yotişi ham mumkin edi. Bu yerda esa bularning bariga işlov berilmoqda hamda u yaxşi daromad keltiryapti.

Bu bilan korxona atrof-muhit muhofazasiga katta hissa qöşmoqda.

Rahbariyat biron bir turdagi mahsulotga uçun bozor kon'yunkturasiga boğliq bölişni xohlamay, kapital yönaltiriş va daromad olişning boşqa usullarini izlamoqda.

- Yaqin kelajakda meva va sabzavot mahsulotlarini saqlaş uçun muzlatgiç qurişni rejalaştirmoqdamiz, - deydi boş hisobçi Dilşod Rafiqov. - Bu eksportni yölga qöyiş maqsadi uçun möljallangan.

Asosiy mahsulot turiga kelsak, hozirda 12 metr kenglikdagi plyonkalar işlab çiqarişni yölga qöyiş rejalaştirilgan. Bungaça ularning kengligi 3 metr edi.

Faqat joriy yilning birinçi çoragida «Rustam Plastekc» XK 1 milliard 903 million sömlik mahsulot işlab çiqardi. Hozirgi kunda bu yerda 50 kişi doimiy asosda işlaydi.