Biz şarbat içib, unda vitaminlar köpligi va uning soğliq uçun foydali ekani haqida köp gapiramiz. Biroq haqiqatda ham şundaymi? "Zdorove s Yelenoy Malyşevoy" dasturida aynan şu mavzuda foydali ma'lumotlar taqdim etildi.

Eng yaxşi tanlov - sabzavotli şarbatlar. Ularda vitaminlar, sellyulozalar, foydali moddalar, jumladan likopinlar köp. Şu bilan birga, bu past kaloriyali mahsulot hamdir. Faqat şuni yodda tutingki, şarbatlarga tuz qöşib bölmaydi, ayniqsa qon bosimi yuqori kişilarga bunday şarbatni içiş tavsiya etilmaydi.

Foto: Getty Images

Likopinlar böyiça çempion - tomat şarbati. Aynan şu pigmentlar tufayli tomatlar qizil rangga kiradi. Likopin  prostata saratoni va yurak-qon tomir kasalliklari xavfi rivojlanişini pasaytiruvçi antioksidantlarga boy.

Foto: Getty Images

Eng yomon tanlov - şarbatlar kokteyli. Bunday içimliklarda qoidaga köra, tabiiy şarbatlar miqdori kam böladi. Asosiy komponentlar - bu suv va sizni yuzlab ortiqça kaloriyalar bilan ta'minlovçi qiyom.

Foto: Getty Images

Olma şarbati immunitetni oşiradi. Bu şarbatda organizmning immun kuçlarini oşiruvçi A, V guruhi va S vitaminlari mavjud. Olma şarbati soç va tirnoqlar salomatligi uçun foydali böliş bilan birga, keksayganda ham yaxşi xotiraga ega böliş imkonini saqlab qolişga yordam beradi.

Foto: Getty Images