2018 yilgi jahon çempionatining törtinçi kunida sensatsiya kuzatildi. Turnir favoritlaridan biri, amaldagi çempionlar bölmiş Germaniya terma jamoasi KONKAKAF vakili Meksikaga yutqazib qöydi.

Moskvadagi «Lujniki» stadionida keçgan uçraşuv taqdirini birinçi bölim vaqtida meksikaliklarning qarşi hujumida Losano tomonidan urilgan gol hal qildi - 1:0.

F guruhidagi ikkinçi uçraşuv Şvetsiya va Janubiy Koreya örtasida 18 iyun kuni bölib ötadi.

JÇ-2018
F guruhi
Germaniya – Meksika 0:1 (0:1)
Gol: 0:1 – 35 Losano.
Germaniya – Noyyer, Boateng, Plattenxardt (Gomes, 79), Kimmix, Hummels, Xedira (Roys, 60), Kroos, Özil, Draksler, Verner (Brandt, 86), Myuller.
Meksika –  Oçoa, Moreno, Ayyala, Salsedo, Layyun, Errera, Galyardo, Vela (Alvares, 58), Guardado (Markes, 74), Losano (Ximenes, 66), Ernandes.
Ogohlantirişlar: Moreno (40), Myuller (83), Hummels (84).