Özbekiston savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikramov Toşkent şahrida Ispan taşqi savdo va investitsiyasi agentligining ofisini oçişni taklif qildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
19 may kuni Özbekiston Respublikasi Investitsiyalar böyiça davlat qömitasi taşkilotçiligida Toşkent şahrida iş boşlagan «Köp tomonlama hamkorlik» özbek-ispan forumida şunday taklif bildirildi.
«Men janob elçidan [Ispaniyaning Özbekistondagi favqulodda va muxtor elçisi Ignasio Ibanesa] tez orada Toşkent şahrida agentlikning ofisi iş boşlaşida kömak berişini sörayman», – deydi Ikramov özbek-ispan biznes forumida davomida.
Toşkent şahriga yetib kelgan ispan delegatsiyasi tarkibida Ispaniya qirolligi Iqtisodiyot vazirligi xalqaro savdo va investitsiyalar böyiça rahbariyati, Ispaniya sanoati va raqobatbardoşligi mutasaddi vakillari, FIEM ispan jamğarmasi va 20dan ortiq yirik kompaniya vakillari forumda faol qatnaşmoqda.
Delegatsiya tarkibida bölgan qirollik vakillarining köpçiligi infratuzilma va fuqarolik quriliş loyihalarini amalga oşiriş bilan şuğullanadi.
Özbekiston hukumati ispan işbilarmonlarini mamlakatda samarali faoliyat olib borişida yetarliça imkoniyatlarni taqdim etişga tayyor ekanligini bildirdi.
«Biz Ispaniyani muhim hamkorlar qatorida köramiz, negaki Ispaniya Yevroittifoq tarkibida beşinçi iqtisodiyotga ega. Ispaniya biz uçun, strategik deya olmasam-da, istiqbolli hamkorlardan biri sanaladi», – deb ta'kidlagan Özbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi.
ICEX agentligi Ispaniya qirolligining çet eldagi iqtisodiy manfaatlari va uning hamkor davlatlar bilan aloqalarni qöllab-quvvatlaş uçun xorijda 100ga yaqin ofislarni taşkil etgan.













