Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In Pekinga keldi. Yaponiyaning Nihon Television Network telekompaniyasi operatorlari Kimning hukumat samolyotidan tuşayotganini tasvirga olişgan.
Parvozlarni monitoring qiluvçi Flightradar24 portali ma'lumotlariga köra, Kim Çen In Pekinga ötgan haftada AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan uçraşuvga Singapurga borgan samolyotda kelgan.
Kim Çen In Xitoy raisi Si Tszinpin bilan uçraşib, 12 iyunda bölib ötgan AQŞ-KXDR sammiti va keyingi muzokaralarni olib borişni muhokama qiladi. Taşrif 2 kun davom etadi.
Kim Çen In Xitoyga 25-28 mart kunlari ham rafiqasi bilan taşrif buyurgandi. Bu Kimning 2011 yilda hokimiyatga kelgandan keyin ilk xorijiy safari bölgan. Kim Çen Inning Xitoyga ikkinçi taşrifi 7-8 may kunlari bölib ötgan.












