1 iyundan Toşkent metropolitenida surat va videotasvirga oliş böyiça ilgari amal qilgan taqiq bekor qilindi. Bundan taşqari, poytaxt metrosining ba'zi bekatlarida bepul Wi-Fi paydo böldi, u hozirda test rejimida işlamoqda.
Agar Wi-Fi’ni joriy etiş böyiça tajriba muvaffaqiyatli ötadigan bölsa, Toşkent metrosida uyali aloqa ham paydo bölişi mumkin. Bu haqda Repost poytaxt metropolitenidagi öz manbalariga asosan xabar berdi.
Uyali aloqa antennalarining paydo bölişi haqidagi batafsil ma'lumotlar Wi-Fi sinovidan ikki oy keyin paydo böladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Wi-Fi metroning qaysi bekatlarida paydo bölgani aytilgandi.

















