Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) Xalqaro kasalliklar tasnifining ön birinçi naşrini taqdim etdi. Onlayn va videoöyinlarga qaramlik birinçi marta uşbu röyxatga kiritildi.
Öyinlar sessiyalari davomiyligi va çastotasini nazorat qiliş xususiyatining muntazam yoki vaqti-vaqti bilan buzilişi, öyinni töxtata olmaslik videoöyinlarga qaramlilikka xos belgilardir. Ta'kidlaş joizki, videoöyinlarga qaramlilik holatlarida u boşqa hayotiy qiziqişlar va kundalik faoliyatdan ustun keladi.
Bu kasallik belgilari muayyan vaqt davomida töxtovsiz rivojlanişi mumkin, ba'zan esa vaqti-vaqti bilan seziladi, deya ta'kidlanadi JSSTda.
Videoöyinlarga qaram böliş şaxsiy, oilaviy hayotda sezilarli muammolarga olib keladi, ijtimoiy jihatdan ham özgarişlar seziladi, öqiş va işda muammolar paydo böladi, deyiladi Xalqaro kasalliklar tasnifida.
Videoöyinlarga tobe'lik taşxisini qöyiş uçun bir yil davomida inson xatti-harakatlarida özgarişlar kuzatilişi kerak. Biroq belgilar jiddiy bölsa, bu muddat qisqarişi ham mumkin.
Bugungi kunda Xalqaro kasalliklar tasnifining 1990 yilda Jahon soğliqni saqlaş assambleyasi tomonidan tasdiqlangan öninçi versiyasi amalda. Yangi 11-versiya 2019 yilning may oyida tasdiqlaş uçun taqdim etiladi. U tasdiqlangan taqdirda, 2022 yilning 1 yanvaridan kuçga kiradi.












