Dunyo böylab YouTube videoxostingi foydalanuvçilari servisning faoliyatidagi muammolar haqida xabar bermoqda. Bu haqda ommabop internet servislarining faoliyatini kuzatib boradigan Downdetector sayti ma'lum qildi. 

"2018 yid 18 iyun kuni 15.38 EDT (Toşkent vaqti bilan 22:38) vaqtida YouTube faoliyatida xatolik bor", – deyiladi portal xabarida. 

Sayt bergan ma'lumotga köra, YouTube'ning 59 foiz foydalanuvçilari videoroliklarni köriş bilan, 30 foizi saytga kiriş bilan va 10 foizi akkauntga kiriş bilan boğliq muammolardan şikoyat qilişmoqda. 

YouTube'ning Twitter'dagi rasmiy akkauntida servis faoliyatidagi xatoliklar tuzatilgani ma'lum qilindi. Hozir videoxostingdan foydalanişda muammolar kuzatilmayapti.