Jahon çempionati guruh bosqiçi F guruhida birinçi tur doirasida Şvetsiya Janubiy Koreya bilan öynadi. «Nijniy Novgorod» stadionida keçgan uçraşuv şvedlarning 1:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.
Öyindagi yagona golni skandinaviyaliklar himoyaçisi Andreas Grankvist 65-daqiqada 11-metrli nuqtadan urdi.
65-daqiqada koreyalik himoyaçi öz jarima maydoni içida raqibga nisbatan qöpol öynagan edi. Biroq, boş hakam buni payqamay qoldi. Faqat VAR tizimi orqali takroriy videolavhani tomoşa qilganidan söng, bu vaziyatda qoidabuzarlik bölgani aniqlandi va penalti belgilandi. Himoyaçi Grankvist uni aniq amalga oşirib, Şvetsiyaga ğalaba keltirdi.
Şu tariqa, birinçi turdan keyin F guruhida 3 oçkodan jamğargan Şvetsiya va Meksika yetakçilik qilmoqda, Germaniya va Janubiy Koreyada oçko yöq.
F guruhida ikkinçi tur öyinlari Germaniya - Şvetsiya va Janubiy Koreya - Meksika jamoalari örtasida ötkaziladi.
Avvalroq, Fransiya terma jamoasi ham VAR tizimi yordamidan söng, Avstraliyani (2:1) mağlub etgan edi.
JÇ-2018
F guruhi
Şvetsiya – Janubiy Koreya 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 65, penalti Grankvist.
Şvetsiya – Olsen, Yansson, Augustinsson, Lyustig, Grankvist, Klasson, Ekdal (Xilemark, 71), Larsson (Svensson, 81), Forsberg, Berg, Toyvonen (Telin, 77).
Janubiy Koreya – Çjo Xen U, Kim Yen Gvon, Pak Çju Xo (Kim Min U, 28), Li Yen, Çjan Xen Su, Ki Son Yen, Ku Çja Çxol (Li Syn U, 72), Li Çje Son, Xvan Xi Çxan, Son Xin Min, Kim Sin Uk (Çjon U Yen, 66).
Ogohlantirişlar: Kim Sin Uk (12), Xvan Xi Çxan (55), Klasson (61).













