HAMAS harbiylaşgan harakati a'zolari 19 iyundan 20 iyunga ötar tunda Ğazo sektoridan Isroil hududlariga qarata 45ta raketa uçirdi. Bu haqda Isroil armiyasining tvitterdagi sahifasida xabar berilgan.

Isroil armiyasidan ta'kidlaşlariça, «Temir qubba» raketalar hujumidan mudofaa tizimi yordamida yettita raketani tutib olişga muvaffaq bölingan. Harbiylarning qayd etişiça, Isroil tinç aholisini himoya qilişda davom etadilar.

Avvalroq, Isroil aviatsiyasi falastinliklarning Ğazo sektoridagi uçta obektiga zarba bergani xabar qilingandi. Bu olovli varraklar va şarlar sabab yuz bergani aytilyapti, falastinliklar ularni çegaraning qarama-qarşi tomonida yonğin çiqariş maqsadida uçirişgan.