"Bayyer" jamoaning asosiy darvozaboni Bernd Lenoning "Arsenal"ga ötganini tasdiqladi. 

"Bernd Leno "Bayyer"dan "Arsenal"ga ötdi. Unutilmas 7 yil uçun taşakkur. Xayr, Bernd", – deya yozgan klub rahbariyati. 

Transfer tafsilotlari sir tutilmoqda. Avvalroq The Telegraph 26 yoşli darvozabon transferi "Arsenal"ga 25 mln yevroga tuşişi haqida yozgan edi. 

Darvozabon yakunlangan mavsum "Bayyer" safida 38ta uçraşuv ötkazib, ularning 12tasida öz darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.