Samarqand şahrini kesib ötuvçi Siyob kanalida sutday oq va töq yaşil rangli ötkir, badböy hidli suv oqib kelmoqda. Bu haqda “Xalq sözi” yozmoqda.

Manbaning yozişiça, Konigil, Galaosiyo, Uluğbek observatoriyasi va Doniyor payğambar majmuasi oldidan oqib ötuvçi mazkur kanal atrofida yaşovçi aholi hamda hududga taşrif buyurgan xorijiy sayyohlar bu vaziyatdan aziyat çekyapti.

Qayd qilinişiça, bu holat tez-tez takrorlanmoqda va suv zaharli bölişi mumkin, deyiladi xabarda.