Yevropa Ittifoqi Kengaşi Şengen vizalari narxini oşirişni ma'qulladi. Kengaş taşabbusi bilan viza narxi 60 yevrodan 80 yevrogaça oşirilişi kerak. Bu haqda RBK xabar bermoqda.
Ma'lumki, Yevropa Ittifoqi Şengen kodeksini isloh qiliş böyiça birinçi qadamlarni qöydi: YeI elçilari Yevroittifoq Kengaşi nomidan Yevroparlament bilan viza kodeksiga özgartiriş kiritiş böyiça muzokaralar ötkaziş uçun mandatni ma'qullaşdi. Keyinçalik, bu özgarişlarni Yevroparlament YeI Kengaşi bilan birgalikda körib çiqişi kerak. Avvalroq, viza narxining kötarilişi haqida Yevrokomissiya xabar bergandi.
Bundan taşqari, taşabbus vizani onlayn oliş uçun blankalarni töldiriş va imzolaş şakli imkoniyatini nazarda tutadi. Bunday imkoniyat «agar ariza beruvçi Yevropaning bir neça davlatlariga taşrif buyurişni rejalaştirayotgan bölsa, YeIga a'zo bölgan qaysi mamlakat arizani körib çiqişga vakolatli ekanligini aniqroq aniqlaydi».
Amaldagi Şengen kodeksi 2010 yilda kuçga kirgan. Uşbu hujjat YeIga qisqa muddatli vizalar beriş va arizalarni körib çiqiş qoidalarni qamrab oladi, ya'ni YeI mamlakatlari hududida 180 kun davomida 90 kundan ortiq bölmaganda muddat böliş uçun beriluvçi vizalarni.












