Özbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi rahbariyatida jiddiy özgarişlar bölib ötdi.
«Kun.uz» manbasi xabariga köra, bugun ötkazilgan yiğilişda Xalq ta'limi vaziri Uluğbek Inoyatovdan taşqari, uning uç örinbosari - birinçi örinbosar Qodirboy Bekturdiyev, örinbosarlar Jahongir Sidiqov va Dilşod Kenjayev lavozimdan ozod etilgan.
Toşkent şahridagi Inha universiteti rektori Sarvar Boboxöjayev, Innovatsion rivojlaniş vaziri örinbosarlari Otabek Nazirov va Alişer Umarov yangi vazir Şerzod Şermatovning örinbosari vazifasini bajaruvçilar etib tayinlangan.
Öz navbatida sobiq vazirning yana bir örinbosari Alişer Sa'dullayev öz lavozimida qolgan.
Xalq ta'limi vaziri işdan olindi, uning örniga yangi rahbar tayinlandi









