Oliy Majlis Qonunçilik palatasida vazirliklarning budjet mablağlarini noqonuniy sarflaşiga oid, Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi aniqlagan ma’lumotlar oçiqlandi.
Deputat Botir Mardayevning e’tibor qaratişiça, joriy yilning ötgan 9 oyi davomida tarif razryadlarining notöğri qöllanişi, iş haqi va moddiy yordam tölovlari ortiqça tölanişi hisobiga 138 mlrd sömga yaqin xato va kamçiliklar qayd etilgan.
Xususan, xalq ta’limi tizimida 47 mlrd söm, soğliqni saqlaşda 30 mlrd söm, maktabgaça ta’lim tizimida 7 mlrd söm, Madaniyat vazirligida 5,5 mlrd sömga yaqin qonunbuziliş holatlari aniqlangan.
Bundan taşqari, bajarilmagan işlarni “bajarildi” qilib körsatiş, budjetdan ajratilgan subsidiyalar hisobidan örnatilmagan uskunalarni “örnatildi” deb rasmiylaştiriş hisobiga 100 mlrd sömdan ortiq qonunbuziliş holatlari va umuman 139 mlrd söm budjet mablağlari maqsadsiz sarflanişiga yöl qöyilgan.
Moliya vaziri Timur Işmetovning ta’kidlaşiça, kelajakda bu kabi holatlarning oldini oliş maqsadida vazirliklardagi içki audit tizimlari takomillaştiriladi.











